OAV: «Yuventus» Ronaldo bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

"Yuventus" Ronaldo bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

Sky Italia jurnalisti Paolo Agemoning ta’kidlashicha, «Yuventus» hujumchi Krishtianu Ronaldoga yangi shartnoma taklif qilmaydi.

Besh karra «Oltin to’p» sovrindorining amaldagi shartnomasi 2022 yil iyunida tugaydi. Agemo xabariga ko’ra, «Yuventus» Ronaldo bilan yuqori maoshi tufayli shartnomani uzaytirmaydi. Shunga qaramay, jurnalist futbolchi jamoa tarkibida mashg’ulotlarga qaytganidan xursand ekanligini ta’kidlamoqda.

Ronaldo «Yuventus» safida 2018 yilning iyulidan beri o’ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u jamoada 133 uchrashuv o’tkazdi, 101 gol urdi va 22 golga uzatma berdi. «Yuventus» tarkibida u ikki karra chempion va Italiya superkubogi sohibi, bitta mamlakat kubogi sohibi bo’ldi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments