Onana 2022 yilning yozida «Inter»ga o’tadi – OAV

Onana 2022 yilning yozida "Inter"ga o'tadi - OAV

«Ayaks» darvozaboni Andre Onana faoliyatini «Inter»da davom ettiradi, deya xabar beradi insayder Nikolo Shira.

25 yoshli kamerunlik 2022 yilning yozida erkin agentga aylanadi, shundan so’ng u Milan klubi bilan shartnoma imzolaydi. Shartnoma to’rt yilga mo’ljallangan.

2021 yilning fevral oyidan beri Onana antidoping qoidalarini buzganligi uchun jazo muddatini o’tamoqda. Darvozabonning diskvalifikatsiya muddati noyabr oyida tugagan.

Onana 2015 yildan buyon «Ayaks»da o’ynab kelmoqda. Amsterdamliklar tarkibida u ikki karra Gollandiya chempioni bo’ldi, ikki marta kubok va bir marta mamlakat Superkubogini qo’lga kiritdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments