Pedri «Oltin bola» mukofotini qo’lga kiritdi

Pedri "Oltin bola" mukofotini qo'lga kiritdi

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri, Tuttosport talqini bo’yicha Yevropaning 21 yoshgacha bo’lgan eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan «Golden Boy» mukofotini qo’lga kiritdi.

Shuningdek, ushbu mukofotga Eduardo Kamavinga (“Real”); Bukayo Saka (Arsenal); Djud Bellingem (“Borussiya Dortmund”); Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”); Jamol Musiala («Bavariya»); Jovanni Reyna (“Borussiya Dortmund”); Gavi (Barselona); Brayan Gil (“Tottenxem”); Karim Adeyemi (RB Salzburg); Rayan Gravenberch («Ayaks»); Daniel Maldini (Milan); Florian Wirtz (Bayer); Uilyam Saliba («Marsel»); Rodrigo (Real Madrid); Roberto Pikkoli (Atalanta); Nuno Mendes (PSJ); Jeremi Pino («Vilyarreal»); Yurrien Timber (“Ayaks”); Sharl de Quetelare (Bryugge).

Taqdimot marosimi 15 dekabr kuni Turinda bo’lib o’tadi.

O‘tgan yili bu sovrinni “Borussiya” hujumchisi Erling Xolland qo‘lga kiritgan edi. 2019-yilda bu mukofot Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Felisku va bir yil avval “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtga nasib etdi.

25 noyabr kuni 19 yoshga to’ladigan Pedri joriy mavsumda to’rtta o’yinda maydonga tushdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments