Pochettino Liga 1ni dunyodagi eng jismonan kuchli chempionat deb atadi

Pochettino Liga 1ni dunyodagi eng jismonan kuchli chempionat deb atadi

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Liga 1dagi umumiy futbol saviyasi haqida gapirdi.

Menda bu liga juda qiyin va sifatli o’tganidek taassurot qoldirdi. Menimcha, bu jahondagi eng jismonan kuchli chempionat. Ajoyib iste’dodlar va ajoyib murabbiylar bor.

Har bir o’yinda barcha jamoalar yuqori sifatli, o’yinlarda g’alaba qozonishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. O’ylaymanki, bu juda yaxshi chempionat va bizning jamoamiz bu yerda bo’lganidan juda xursand.

Bu Premer-ligadan yaxshiroq liga demoqchi emasman, lekin bu yerdagi o’yinlar Premer-ligaga qaraganda jismonan kuchliroq ekanligini tushunaman»,

– dedi Pochettino Liga 1 matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

“PSJ” milliy chempionatning joriy turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments