Pochettino «PSJ» yulduzlarining o’yiniga ta’sir o’tkaza olmasligini aytdi

Pochettino "PSJ" yulduzlarining o'yiniga ta'sir o'tkaza olmasligini aytdi

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappa haqida gapirdi. Mutaxassis bunday darajadagi futbolchilarga yangi narsalarni o’rgatish qiyinligini ta’kidladi.

Menimcha, bu toifadagi yigitlarga maydonda o’zini qanday tutishni o’rgatib bo’lmaydi. Ularga kerak bo’lgan yagona narsa – bu jamoaviy ish uchun vaqt. Ular o’zlarini qanday his qilsalar, shunday yo’l tutishadi, chunki ular shunday yashaydilar, his-tuyg’ulari orqali o’ynashadi va siz maslahat bera olmaysiz.

Menimcha, ular nima qilishni biladigan darajada aqlli. Ular ham mas’uliyatni his qilishadi, chunki bilasizmi, «PSJ»da bo’lish g’alaba qozonish, bosim o’tkazish demakdir»,

– dedi Pochettino Liga 1 matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Parij klubi joriy mavsumdagi milliy chempionatda ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments