Pochettinoning tayinlanishi va Sulsherning ishdan bo’shatilishi «Manchester Yunayted»ga 21 million yevroga tushadi – OAV

Pochettinoning tayinlanishi va Sulsherning ishdan bo'shatilishi «Manchester Yunayted»ga 21 million yevroga tushadi - OAV

«Manchester Yunayted» Maurisio Pochettino bosh murabbiy etib tayinlangani uchun «PSJ»ga 10 million funt (taxminan 12 million yevro) tovon puli to‘laydi, deb xabar beradi Manchester Evening News.

Oldinroq OAVda ingliz klubi Ole-Gunnar Sulsherning chetlatilishi uchun unga 7,75 million funt (taxminan 9 million yevro) to‘lagani haqida xabarlar tarqalgandi. Shu tariqa, Sulsherning Pochettinoga o’zgarishi «Manchester Yunayted»ga jami 21 million yevroga tushadi.

Klub yakshanba kuni Sulsherning iste’fosi haqida rasman e’lon qildi. Maykl Kerrik vaqtinchalik bosh murabbiy bo’ladi.

Pochettino 2021 yilning yanvarida «PSJ»ni boshqarishga kirishgandi. Parijliklar o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Chempionlar ligasida klub “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berib, yarim final bosqichida to‘xtadi.

12 o‘yinda 17 ochko to‘plagan “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments