Premer-liga klublari Superligaga qo’shilgani uchun 22 mln jarima to’laydi

APL klublari uchun jarima tayinlandi

Angliya Premer-ligasi rahbariyati Superligada ishtirok etishini e’lon qilgan klublar uchun jazo to’g’risida qaror qabul qildi.

Premer-liganing rasmiy saytida jamoalarga jami 22 million funt jarima to’lashi haqida xabar berilgan. Ushbu mablag’ muxlislarni qo’llab-quvvatlashga, ommaviy futbolga va jamoat dasturlariga sarflanadi.

Shuningdek klublar kelgusida ham shunga o’xshash holat takrorlashsa 30 ochko va 25 million funt jarima to’lashadi .

19 aprel kuni «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul» va «Tottenxem» kabi 12 ta jamoa ishtirokida Superligaga start berilishi haqida xabar berilgandi. Ikki kundan so’ng, to’qqizta ishtirokchi jamoa muxlislar va jamoatchilikning tanqidlari tufayli musobaqadan chiqib ketganligi sababli, loyiha to’xtatildi. Superligani qo’llab-quvvatlashni hanuzgacha «Real», «Barselona» va «Yuventus» davom etmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments