Premer-liga rahbari «Nyukasl» sotuvi tufayli iste’foga chiqishga tayyor – OAV

Premer-liga rahbari "Nyukasl" sotuvi tufayli iste'foga chiqishga tayyor - OAV

Angliya Premer-ligasi (Premer-liga) rahbari Gari Xoffman “Nyukasl”ning Saudiya Arabistonidan konsorsiumga sotilgani sababli faoliyatini yakunlash arafasida, deb xabar bermoqda BBC.

Oktyabr oyi boshida Saudiya Arabistonidan investitsiya guruhi Nyukaslning 100% aktsiyalarini 358 million yevroga sotib oldi. Shundan so’ng qolgan klublar kelishuv yuzasidan shikoyatlar bilan liga rahbariyatiga murojaat qilishdi.

Hoffman aybni o’z zimmasiga oldi va lavozimini tark etmoqchi. Yaqin kunlarda 2020 yilning aprel oyidan buyon Premer-liga rahbari lavozimida ishlab kelayotgan 61 yoshli funksionerning ketishi rasman elon qilinishi mumkin.

11 turdan keyin “Nyukasl” 5 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog’onasida bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments