«PSJ» bosh murabbiyi Pochettino «Manchester Siti»dan uchralgan mag’lubiyat haqida gapirdi

"PSJ" bosh murabbiyi Pochettino "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi

«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino YECHL guruh bosqichi 5-turida «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

Birinchi bo’limda raqib bizdan yaxshiroq o’ynadi. Biz qilgan xatolar va ularning sonini ko’rsak, haqiqiy farq bor. Ikkinchi bo’limni yaxshiroq boshladik. Biz ba’zi o’zgarishlar qilishimiz kerak edi. Ikkinchi bo’limda jamoa katta jamoaga qarshi o’yinlarda biz ko’rishni istagan yuzga ega bo’ldi. Siz bu mag’lubiyatni qabul qilishingiz kerak.

Ha, barcha futbolchilardan qoniqish hosil qildim. Yo‘qotganimiz juda achinarli. Guruhda birinchi bo’lish imkoniyatimiz bor edi, endi buning iloji yo’q, lekin pley-offga yo’llanma oldik. Mavsum boshlanishi bilan bog’liq vaziyatni hisobga olsak, davom etish maqul,

– dedi Pochettino RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

“Manchester Siti” muddatidan avval kvartetda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, “PSJ” ikkinchi o‘rinda bormoqda – ikkala klub ham turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments