«PSJ» prezidenti «Barselona»ga Neymarni qaytarishni taklif qildi – OAV

"PSJ" prezidenti "Barselona"ga Neymarni qaytarishni taklif qildi - OAV

«PSJ» hujumchisi Neymar jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi El Nacional.

Fransuz klubi braziliyalik futbolchining davri o’z nihoyasiga yetgan deb hisoblamoqda. Parij prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoa yulduzlaridan birini sotish haqida o‘ylamoqda. U kelasi yozda tarkibni yangilamoqchi.

Funktsioner bozordagi turli variantlarni o’rganmoqda va vositachilar orqali futbolchini Premer-liga klublari, shuningdek, «Barselona»ga taklif qildi. Potentsial transfer 80 million yevroga baholanmoqda.

Neymar 2013 yildan 2017 yilgacha kataloniyaliklar safida to’p surgan, shundan so’ng 222 million yevro evaziga «PSJ»ga o’tgandi.

Joriy mavsumda 29 yoshli hujumchi 11 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments