PSJ prezidenti: «Mbappe klubda qoladi. Biz uni hech qachon sotmaymiz»

Mbappe PSJ bilan shatnomani uzaytiradi

PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma bo’yicha muzokaralar haqida gapirdi.

Men buni aniq aytaman. Kilian Parijda qoladi, biz uni hech qachon sotmaymiz va u hech qachon erkin agent sifatida ketmaydi. Men muzokaralarning borishi haqida gapirmayman, ammo aytishim mumkinki, barchasi yaxshi rivojlanmoqda. Umid qilamanki, biz umumiy tilni topamiz.

Bu Parij, bu uning mamlakati. Uning vazifasi – nafaqat futbolchi bo’lish, balki Frantsiya chempionati, o’z mamlakati va poytaxtini targ’ib qilishdir. U ajoyib yigit va sportchi. U ayni paytda eng yaxshi futbolchilardan biri va kelajakda bir nechta «Oltin to’p» ni qo’lga kiritadi. Men 100 foiz aminman.

Unda PSJ bilan shartnomani uzaytirish uchun hamma narsa bor. Va u qaerga borishi kerak? Ambitsiya va loyiha bo’yicha qaysi klublar bugun PSJ bilan raqobatlasha oladi?

– dedi Al-Xelayfi.

O’tgan mavsumda Mbappe 47 uchrashuvda qatnashgan, 42 gol urgan va 11 golga uzatma bergan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments