PSJ sport direktori Leonardo: «Ramos bilan shartnomani bekor qilish haqida o’ylamayapmiz»

PSJ sport direktori Leonardo ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos bilan shartnomasini bekor qilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

PSJ sport direktori Leonardo ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos bilan shartnomasini bekor qilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Futbolchi shu yilning yozida poytaxt klubiga ko’chib o’tgan, biroq boldir mushaklari jarohati tufayli hali birorta ham o’yin o’tkazmagan.

Shartnomani bekor qilish haqida o’ylaganimiz yo’q. Biz Ramos bilan shartnoma imzolaganimizda jarohati borligini juda yaxshi bilardik. Sabr-toqat qilish kerak va u umumiy guruhga qaytguncha kutish kerak,

– dedi Leonardo.

PSJ avvalroq Ramos bir hafta ichida guruhga qo’shilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Futbolchi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments