«PSJda mening uchta qirolim bor, ularning har biri jamoadan o’zinikini oladi» – Maurisio Pochettino

"PSJda mening uchta qirolim bor, ularning har biri jamoadan o'zinikini oladi" - Maurisio Pochettino

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymarni bir vaqtning o’zida klub o’yin modeliga moslashtirish qanchalik qiyinligi haqida gapirdi.

Uchalasining har biri dunyoning istalgan klubining qiroli bo’lishi mumkin. Ammo bizda bitta klubda uchta qirol bor, uchtasi har xil ehtiyojlarga ega va ular jamoadan boshqa narsalarga muhtoj.

Mbappega yugurish uchun joy va yuqori temp kerak. Neymar to’pga ega bo’lishi va to’pni his qilishi kerak. Messiga esa o’yinda boshqacha temp kerak bo’lishi mumkin. Bularning barchasini bir joyga jamlash oson emas,

deydi murabbiy.

Parij klubi Fransiya chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments