Pyanich intizomni buzgani uchun Ukrainaga qarshi o’yinda ishtirok etmaydi

Pyanich intizomni buzgani uchun Ukrainaga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi yarim himoyachisi Miralem Pyanich Ukraina terma jamoasiga qarshi o’yin uchun arizaga kiritilmadi. Seshanba kuni Zenitsa shahrida JCh-2022 saralash bosqichi bo’lib o’tadi.

Bosniyadagi Klix.ba nashri xabariga ko‘ra, Bosniya va Gersegovina futbol federatsiyasi rasmiy saytida Pyanich nega Ukraina bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqidagi tushuntirish paydo bo‘lgan, biroq u keyinchalik olib tashlangan.

Xabarda qayd etilishicha, Pyanichni arizadan chetlashtirish haqidagi qarorni shaxsan terma jamoa bosh murabbiyi Ivaylo Petev qabul qilgan. Bunga intizom va mehnat odob-axloq qoidalarining buzilishi sabab bo’lgan. Shu bilan birga, futbolchi to’liq rozi bo’ldi va o’z aybini tan oldi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments