Qoldirilgan “Nitsa” va “Marsel” uchrashuvi durang bilan yakunlandi

Qoldirilgan “Nitsa” va “Marsel” uchrashuvi durang bilan yakunlandi

Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan qoldirilgan “Nitstsa” – “Marsel” uchrashuvi durang bilan yakunlandi. Uchrashuv neytral maydonda va muxlislarsiz o’tdi.

6-daqiqada Amin Guiri “Nitsa”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxirida Dimitri Payet javob golini kiritdi.

1-liga turnir jadvalida 11-turdan keyin “Nitsa” (20 ochko) uchinchi, “Marsel” (19) keyingi o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, 22 avgust kuni “Nitsa” – “Marsel” uchrashuvi 75-daqiqada hisob 1:0 bo‘lganida tribunadagi tartibsizliklar hamda futbolchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sabab to‘xtatilgan edi. Sud natijasiga ko‘ra, “Nitsa” uchta o‘yinni tomoshabinlarsiz o‘tkazish bilan jazolandi va turnir jadvalidagi bir ochko klubdan olib tashlandi (yana bittasi – shartli).

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments