Rabiot Ronalduni Ilon Mask bilan qiyosladi

Rabiot: Ronaldo Ilon Maskga o'xshaydi

«Yuventus» yarimhimoyachisi Adrian Rabiot hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib, uni SpaceX asoschisi Ilon Mask bilan taqqosladi.

Uning muvaffaqiyati kaliti o’z ustida ishlashida, ishlashida va yana ko’proq ishlashida. Futbolda va boshqa sohalarda, shu narsada u Teslaning egasi Ilon Maskga o’xshaydi. Ular tinimsiz mehnat qilishadi va hech qachon to’xtamaydilar.

– deya Rabiotning so’zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedullaning rasmiy sayti

Ronaldu 2018 yildan beri «Yuventus» da o’ynab kelmoqda. U joriy mavsumda 40 ta o’yin o’tkazib, 34 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning transfer qiymati 50 million evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments