Ramos Tokio Olimpiadasida qatnashish uchun Evro-2020 musobaqasini o’tkazib yuborishi mumkin

Ramos Tokio Olimpiadasida qatnashish uchun Evro-2020 musobaqasini o'tkazib yuborishi mumkin

«Real» va Ispaniya himoyachisi Serxio Ramos 2020 yilgi UEFA Evropa chempionatini o’tkazib yuborishi mumkin.

Manbaning xabariga ko’ra, futbolchi tez orada ushbu mavzuda terma jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan suhbatlashadi. Mutaxassis o’yinchi bilan jarohatlaridan tiklanayotgan qiyin mavsumdan so’ng o’zini qanday his qilayotganini muhokama qilmoqchi.

Ramos Evro-2020 va Tokio Olimpiadalarida qatnashishni xohlaydi. Ammo, o’yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko’rish uchun u Evropa musobaqasini o’tkazib yuborishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Ramos 21 uchrashuv o’tkazdi, 4 gol urdi va golli pas berdi.

Evro-2020 11 iyundan 11 iyulgacha 11 shaharda bo’lib o’tadi. Ispaniya guruh bosqichida Polsha, Shvetsiya va Slovakiya bilan o’ynaydi.

Tokio Olimpiadasi 23 iyuldan 8 avgustgacha davom etadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments