Rangnik «Manchester Yunayted»ga qo’shilganidan keyin katta umidlari haqida gapirdi

Rangnik "Manchester Yunayted"ga qo'shilganidan keyin katta umidlari haqida gapirdi

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoaning yaqin orada Angliya chempionati peshqadamlari bilan raqobatlasha olishiga ishonchi komil emas.

Men ko’proq optimistman, lekin realistik bo’lishim kerak. Besh hafta oldin jamoamiz “Liverpul”ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi va to‘g‘risini aytsam, bundan ham yirikroq mag‘lubiyat bo‘lishi mumkin edi. “Man Siti”ga 0:2 hisobida yutqazdik, ammo hisob ham yuqoriroq bo’lishi mumkin edi.

«CHelsi»ga qarshi o’yinda ochko olish muhim edi, lekin o’yin sifati? Bilmayman. Ular darvoza tomon 24 ta zarba berishdi, bizda esa 3 ta.

Demak, yaqin haftalar yoki oylar ichida Premer-liganing eng yaxshi murabbiylariga qarshi chiqaman, deyish haqiqatga to’g’ri kelmaydi.

Hozir bor etiborimni “Kristal Pelas”ga, keyin esa “Yang Boyz”ga qarshi o’yinga qaratganman. «CHelsi», «Liverpul» va «Man Siti» bilan o’yinlar mart va aprel oylarida bo’lib o’tadi – o’shanda ular haqidagi savolga javob beraman, –

-deya iqtibos keltiradi nemis mutaxassisi Mirror.

Moskvaning “Lokomotiv” klubining sport va rivojlanish bo‘yicha sobiq rahbari Rangnik 29-noyabr kuni ingliz klubi bosh murabbiyi bo‘ldi. Nemis mutaxassisining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.

«Kristal Pelas»ga qarshi o’yin Rangnik uchun «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatidagi ilk uchrashuvi bo’ladi. Uchrashuv 5 dekabr, yakshanba kuni soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan) bo’lib o’tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments