Rasman: Veynaldum «PSJ» futbolchisi.

Veynaldumni PSJdagi maoshi ma'lum bo'ldi

Yarim himoyachi Jorjinyo Veynaldum futbolchilik faoliyatini PSJda davom ettiradi. Oldin, yarim himoyachi «Liverpul» da o’ynagan.

30 yoshli futbolchining kelishuvi 2024-yil 30 iyungacha amal qiladi.

PSJga o’tish bu men uchun yangi sinov. Men Evropaning eng yaxshi klublaridan birining bir qismiga aylanaman va barcha istaklarimni bajarishga qat’iy qaror qildim. So’nggi yillarda PSJ o’z mavqeini isbotladi va biz o’z muxlislarimiz uchun bundan ham yuqori natijalarga erisha olishimizga ishonaman»

– deydi Vijnaldum.

Eslatib o’tamiz, oldinroq yarim himoyachi «Barselona» bilan oldindan shartnoma tuzgan edi, ammo futbolchi o’z fikrini o’zgartirdi.

Veynaldum «Liverpul» tarkibida 2016-yildan beri o’ynab kelmoqda. O’tgan mavsumda yarim himoyachi 51 uchrashuvda qatnashgan va 3 gol urgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments