«Real» «Zalsburg» hujumchisi Sheshkoni sotib olmoqchi

"Real" "Zalsburg" hujumchisi Sheshkoni sotib olmoqchi

«Real Madrid» klubi «Zalsburg» hujumchisi Benjamin Sheshkoni qishki transfer oynasiga o’tkazishga qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko’ra, Madrid jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti sloveniyalik futbolchini sotib olishga qiziqmoqda.

Transfermarkt portali xabariga ko’ra, Sheshkoning Avstriya jamoasi bilan shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.

Sheshko 18 yoshda, bu mavsum u «Zalsburg» tarkibida barcha turnirlarda 16 o’yinda qatnashdi va 7 gol urib, 3 golga uzatma berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments