“Real”ning superfutbolchi bilan muzokarasi barbod bo‘ldi

“Qirollik klubi” mutasaddilari yozda erkin agentga aylanadigan “Bavariya” himoyachisi David Alabani Madridga kelishga ko‘ndira olmadi.

Bir necha oy davom etgan muzokaralar chog‘ida tomonlar bir qarorga kela olmadi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” taklifi avstriyalik universal himoyachiga ma’qul bo‘lmagan. Shuning uchun ham, muzokaralar to‘xtab qoldi.

Ayni paytda Alaba PSJ bilan kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. U parijliklardan yiliga 20 million evro maosh talab qilyapti. Hozircha, Davidning bu talabini qondiradigan jamoa topilgani yo‘q.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments