Rivaldo «Oltin to’p» uchun kurashda o’zining favoritini aytdi

Rivaldo "Oltin to'p" uchun kurashda o'zining favoritini aytdi

Braziliyalik sobiq hujumchi Rivaldo bu yil Robert Levandovski «Oltin to’p»ni qo’lga kiritishiga umid bildirdi.

Robert Levandovski «Oltin to’p»ning favoriti. Myunxenning «Bavariya» hujumchisi fantastik futbolchi, «Bavariya»da muhim rol o’ynaydigan sermahsul to’purar,

deya Rivaldoning so’zlarini keltiradi The Mirror.

Levandovski o’tgan mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlarda 40 ta o’yinda maydonga tushib, 48 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

U Chempionlar Ligasi to’purarlari ro’yxatini joriy mavsumda sakkizta gol va bitta golli uzatma bilan boshqarib turibdi. Shuningdek, u 12 gol va 1 golli uzatma bilan Bundesliganing eng yaxshi to’purari hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments