Riyad Marez: «Grilish moslashishni davom ettirmoqda»

Riyad Marez: "Grilish moslashishni davom ettirmoqda"

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Riyad Marez jamoadoshi Jek Grealishning 2021/22 yilgi mavsum boshidagi o’yiniga izoh berdi.

Eslatib o’tamiz, Grilish o’tgan yozda Manchester klubiga ko’chib o’tgandi, transfer summasi 120 million evroni tashkil etdi. U 2027 yilgacha shartnoma imzoladi.

Hali ko’p vaqt o’tmadi. U bizning o’yin uslubimizga moslashishda davom etmoqda va biz unga bu borada yordam beramiz. Ishonchim komilki, u jamoamizga katta foyda keltiradi. U o’z ishini yaxshi bajaradi va jamoaga yordam beradi,-

-dedi Marez.

Grealish 26 yoshda va u joriy mavsum Angliyada bo’lib o’tgan olti o’yinda qatnashdi va 1 gol urdi va 1 golga uzatma berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments