Robert Levandovski: «Men Messi va Ronaldo darajasida bo’lishga harakat qilaman»

Robert Levandovski: "Men Messi va Ronaldo darajasida bo'lishga harakat qilaman"

Bir kun oldin «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi to’purari sifatida «Oltin butsa» ni qo’lga kiritdi. Polshalik forvard uni yuqori natijalarga erishishga nima undaydi degan savolga javob berdi.

Birinchidan, men har bir o’yinda o’zim bilan raqobatlashaman. Shundan so’ng, Messi va Ronaldo – ikkita ajoyib futbolchi. Ular qilgan va qilayotgan barcha ishlar … O’ylaymanki, kelgusi yillarda biz bunday narsani boshqa ko’rmaymiz. Lekin men ularning darajasida bo’lishga va o’z fazilatlarimni ko’rsatishga harakat qilaman.
Men o’z jamoam bilan gol urishni, o’yinlarda g’alaba qozonishni va sovrinlarni yutishni davom ettirmoqchiman. Bilaman, fantastik o’yin ko’rsatadigan yangi avlod futbolchilari bor, lekin menda tajriba bor va men uzoq vaqt o’yinda qolish niyatidaman ”,

– dedi Levandovski.

Eslatib o’tamiz, Bundesliganing so’nggi mavsumida Levandovski 29 ta o’yinda 41 ta gol urdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments