Roberto Martinez: «Lukaku uch yil avvalgidan farq qiladi»

Roberto Martines Lukaku haqida

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines terma jamoa hujumchisi Romelu Lukaku haqida gapirdi.

Lukaku uch yil avvalgidan farqli futbolchi. Hozir unga qarshi o’ynash avvalgiday emas. Endi u jamoadoshlari uchun ko’proq joy yaratishi mumkin va biz terma jamoada bundan maksimal darajada foydalanishimiz kerak

dedi Martines.

Lukaku «Inter» ga «Manchester Yunayted» dan 2019 yilda o’tgan edi. O’tgan mavsumda forvard barcha turnirlarda 44 uchrashuv o’tkazdi, 30 gol urdi va 10 golga uzatma berdi.

Belgiya terma jamoasi Evropa chempionatining guruh bosqichida Rossiya, Finlyandiya va Daniya jamoalari bilan o’ynaydi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments