Ronald Kuman: «Keyingi mavsumda» Barselona «da qolamanmi bilmayman»

Kuman Barselonani tarkm etadimi?

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman kelasi mavsumdagi ishlari haqida gapirib berdi.

Men haqiqatan ham jamoada murabbiylik qilishni davom ettirishimni bilmayman. Mavsum oxirida prezident bilan gaplashishga kelishib oldik. Men shartnomamni oxirigacha bajarishni istayman. O’zgarishi kerak bo’lgan narsalar mavjud. Ushbu mavsumni allaqachon ancha o’zgarishlar kiritdik, ammo prezident so’nggi so’zni aytdi.

Mavsumning so’nggi qismida men rahbariyatdan bo’lgan ishonchni sezmadim. Mening kelajagim haqida gaplashmadik. Natijalarga shubha borligini tushunaman. G’alaba qozonish uchun o’zgarishlarni kiritish kerakligini tushunaman. Agar klub meni noto’g’ri murabbiy deb bilsa, biz bu haqda gaplashamiz. Men o’z fikrimni bildiraman. Ammo prezident bilan gaplashgunimcha hech narsa deya olmayman »

– dedi Kuman

Kuman 2020 yil yozida «Barselona» rahbarligini qabul qildi. Uning boshchiligida ko’k-anorranglilar Ispaniya kubogini qo’lga kiritdi. So’nggi tur oldidan kataloniyaliklar 76 ochko to’plagan holda, La Liga jadvalida 3-o’rinni egallab turibdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments