Ronaldo Chempionlar ligasiga yo’llanma olsa, «Manchester Yunayted»ni tark etadi – OAV

Ronaldo Chempionlar ligasiga yo'llanma olsa, "Manchester Yunayted"ni tark etadi - OAV

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldo agar klub kelasi mavsumda Chempionlar ligasini o’tkazib yuborsa, jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi Daily Express.

OAV xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi natijalaridan norozi va agar “Manchester Yunayted” joriy mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, Yevropa ligasida o‘ynash niyatida emas.

Fevral oyida 37 yoshga to’ladigan Ronaldo 2021 yilning yozida «Manchester Yunayted»ga qaytdi, u avvalroq 2003 yildan 2009 yilgacha klubda o’ynagan.

Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments