Ronaldu Ispaniyada g‘alaba qozonib, gol urganidan xursand ekanligini aytdi

Ronaldu Ispaniyada g‘alaba qozonib, gol urganidan xursand ekanligini aytdi

«Manchester Yunayted»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o’zining Instagram sahifasida Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida «Vilyarreal»ga qarshi o’yindagi g’alabaga (2:0) hissiyotlar bilan munosabat bildirdi.

Ispaniyada o’ynash har doim ajoyib, Ispaniyada g’alaba qozonish ajoyib, Ispaniyada gol urish yoqimli, o’zimni doim alohida his qilgan mamlakat… Yigitlarni biz bo’lishimiz kerak bo’lgan joyga olib kelgan ajoyib g’alaba bilan tabriklayman! Biz «Manchester Yunayted»miz va bu klub uchun kurashni hech qachon to’xtatmaymiz! Oldinga, iblislar!

– deb yozgan Ronaldu.

Ushbu uchrashuvda hisob 78-daqiqada darvozabon Jeronimo Ruglining xatosidan unumli foydalangan Ronaldu tomonidan ochildi.

“Manchester Yunayted” 10 ochko bilan “F” guruhida peshqadamlik qilmoqda.Britaniyaliklar turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanmani kafolatladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments