Serxio Ramos: «Evroda o’ynay olmasligim alamli»

Serxio Ramos

Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos Ispaniyaning Evro-2020 tarkibiga kiritilmaganidan so’ng o’z hissiyotlari bilan o’rtoqlashdi.

Bir necha qiyin oylar va o’zimning faoliyatimda ilgari his etmagan voqeani boshdan kechirgan g’alati mavsumdan so’ng, Evro haqidagi yangiliklar keldi. «Real» va terma jamoada 100% natijalarga erishish uchun har kuni tanim va jonim bilan kurashdim va harakat qildim, ammo har doim ham ishlar men istagandek bo’lmaydi.

Jamoamga ko’proq yordam bera olmaganim va Ispaniya tarkibida o’ynamasligim menga azob beradi. Ammo bu holatda dam olish, to’liq tiklanish va har doimgidek keyingi mavsumda qaytish yaxshi bo’ladi. Vatanim nomidan ishtirok eta olmasligim azob beradi, lekin men halol va samimiy bo’lishim kerak. Barcha jamoadoshlarimga omad va ajoyib turnir tilayman. Sizga uyda muxlislik qilganlardan biri bo’laman.

-deb yozdi Ramos.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments