Shevchenko «Jenoa»ni boshqarishga yaqin – OAV

Shevchenko "Jenoa"ni boshqarishga yaqin - OAV

Ukraina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Andriy Shevchenko tez orada “Jenoa” bilan hamkorlikni boshlaydi, deb xabar bermoqda Italiya OAV.

Insayder Nikolo Shira o‘zining Twitter’dagi sahifasida kelishuv yakuniy bosqichda ekanligini yozdi. Mutaxassis bilan shartnoma uzaytirish varianti bilan 2023 yilgacha imzolanadi, Shevchenko bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 1,8 million yevro ishlab oladi.

Qayd etilishicha, ukrainalik murabbiylar shtabidan Andrea Maldera va unga Ukraina terma jamoasida yordam bergan Mauro Tassotti kiradi.

Yana bir obro’li jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, tayinlov bir necha soat ichida rasman e’lon qilinadi.

2016 yildan 2021 yilgacha Shevchenko Ukraina terma jamoasini boshqargan, u hech qachon klub darajasida murabbiy bo’lib ishlamagan. Sobiq hujumchi futbolchilik faoliyatining muhim qismini «Milan»da o‘tkazgan, u bilan bir marta A Seriya va Chempionlar Ligasi, shuningdek, Italiya kubogi, mamlakat Superkubogi va UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments