Shohjahon Ergashevning 11 iyun kungi jangdagi raqibi ma’lum

SHohjahon Ergashevning 11 iyun kungi jangdagi raqibi malum

Xabar berganimizdek, 11 iyun kuni poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Professional boksda mag’lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz SHohjahon Ergashev (19-0-0) tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomining markaziy jangi tabiiyki, aynan uning ishtirokida bo’lib o’tadi.

SHohjahonning bizga xabar berishicha, u 10 raunddan iborat jangda ganalik Robert Kuayega qarshi ringga ko’tariladi. Oqshom doirasida yana kamida 7 ta juftlik janglari o’tkaziladi. Yakuniy kard tez orada malum bo’ladi.

Etiborga molik jihati shundaki, SHohjahon Ergashev va Robert Kuayening prof ringdagi natijalari bir xil. Har ikki bokschi ham 19 tadan jang o’tkazib, barchasida g’alaba qozonishgan. Barcha janglarini Ganada o’tkazgan Robert 16 ta jangini muddatidan avval yakunlagan.

O’xshash yangiliklar

5 1 vote
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments