Sulsher Ronaldoning «Vest Xem»ga qarshi o’yinda yo’qligini tushuntiradi

«Manchester Yunayted» Angliya Liga kubogi 1/16 finalida «Vest Xem» ga minimal hisobda yutqazdi. Uchrashuvdan so’ng «Yunayted» bosh murabbiyi Ole -Gunnar Sulsher Krishtianu Ronaldu o’yin ishtirokchilari ro’yxatida yo’qligini tushuntirdi.

Ronaldo keldi va jamoadagi vaziyatni o’zgartirdi, lekin mavsum juda uzoq bo’lishi aniq. U har doim o’ynashni xohlaydi, lekin menimcha, bu mumkin emas.
Balki raqibning sifatini hisobga olgan holda, asosiy tarkibni butunlay o’zgartirish juda katta tavakkal edi. Ammo agar siz mavsum oxirida muvaffaqiyat qozonmoqchi bo’lsangiz, butun jamoada o’yin daqiqalari bo’lishi kerak, –

-dedi Sulsher.

«Vest Xem» turnirning keyingi bosqichida «Manchester Siti» bilan o’ynaydi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments