Superhujumchining o‘rnini kim egallaydi?

“Lester” klubi so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Jeymi Vardining o‘rnini bosishga qodir hujumchi topgani malum bo‘ldi.

Vardining o‘zi yuqori sport formasini namoyish qilayotgan bo‘lsa-da, yoshi 34 dan o‘tdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Shundan keyin “Lester” ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj sezadi. Buni oldini olish uchun “tulkilar” o‘z safiga “Brentford”da o‘ynayotgan Ayven Tounini qo‘shib olmoqchi.

24 yoshli futbolchi “Brentford” tarkibida Chempionshipda 30 ta uchrashuvda 24 ta gol urib, to‘qqizta golli pas uzatdi. Ayvenga “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojersning shaxsan o‘zi xaridor bo‘lmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments