«Tottenxem» futbolchisiga qarshi irqchi so’zlari uchun sakkiz kishi hibsga olingan

Song Xen Ming

«Tottenxem» ning janubiy koreyalik yarim himoyachisi Song Xen Minga qarshi irqiy zo’ravonlikda gumon qilingan sakkiz kishi hibsga olingan. 11 aprel kuni bo’lib o’tgan «Tottenxem» – «Manchester Yunayted» uchrashuvidan so’ng politsiyaning ikki haftalik operatsiyasida yana to’rt kishi so’roq qilindi.

So’zlarni yoki xatti-harakatlarni ishlatishda yoki irqiy nafratni qo’zg’atish maqsadida yozma materiallarni namoyish qilishda gumon qilinib, o’n ikki erkak hibsga olingan yoki so’roq qilingan. Politsiyaning mashaqqatli ishi orqali noma’lum ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aniqlanib, ularning iziga tushishdi, deyiladi London politsiyasi bayonotida.

Irqchi nutq «Manchester Yunayted» ning onlayn hisobot vositasi yordamida aniqlandi va mahalliy politsiyaga xabar qilindi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments