«Tottenxem» Konteni murabbiy etib tayinlashdan bosh tortmoqda

"Tottenxem" Konteni tayinlashdan bosh tortmoqda

Italiyalik mutaxassis Antonio Konte «Tottenxem» ni boshqarmaydi.

Manbaning xabariga ko’ra, London klubi murabbiyning taklifini rad etgan. Poytaxt jamoasi rahbariyati Kontening ba’zi talablaridan, xususan, yosh futbolchilarni rivojlantirish istagidan xavotirda.

Insayder Fabrizio Romanoning so’zlariga ko’ra, 51 yoshli italiyalik ham «Tottenhem» ustozi bo’lish fikrini o’zgartirdi. U klub yaqin orada sovrinlar uchun kurashishga qodir ekaniga amin emas. Bundan tashqari, tomonlar maosh masalasida kelisha olmadilar. Mutaxassis yiliga unga taklif qilinganidan 3 million evro ko’proq pul so’radi.

Kontening so’nggi ish joyi «Inter» bo’lib, 2020/21 yilgi mavsumda Italiya chempioniga aylandi. «Tottenxem» o’tgan mavsumda portugaliyalik Joze Mourinoni iste’foga chiqardi va APL turnir jadvalida 62 ochko bilan 7-o’rinni egalladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments