«Tottenxem» «Vulverxempton» vingeri Traoreni sotib olmoqchi – OAV

"Tottenxem" "Vulverxempton" vingeri Traoreni sotib olmoqchi - OAV

«Vulverxempton» vingeri Adama Traore yanvardagi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Shiraning xabar berishicha, «Tottenxem» ispaniyalik futbolchini sotib olish majburiyati bilan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.

London klubi 25 yoshli futbolchiga 2026 yilgacha mo’ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.

Shuningdek, Traorega «Vest Xem» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda ishtirok etdi va unumli harakatlari bilan ajralib turmadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments