«Tottenxem»ning qarzi 700 million funtdan oshdi

"Tottenxem"ning qarzi 700 million funtdan oshdi

«Tottenxem» 2021 yil iyun oyida yakunlangan yil uchun moliyaviy hisobotlarini e’lon qildi. Klubning soliqdan oldingi zarari 80,2 million funt sterlingni tashkil qilgan. Shu bilan birga, klub qarzlarining umumiy miqdori 100 milliondan 706 million funtga ko’tarildi.

“Tottenxem”ning umumiy daromadi translyatsiya huquqlaridan tushgan daromadlar oshganiga qaramay, 402,4 million funt sterlingdan 361,9 million funt sterlingga tushdi. Koronavirus pandemiyasi davrida oʻyin tushumlari 2020-yildagi 94,5 million funtdan 1,9 million funtga tushdi.

«Moliyaviy natijalar pandemiyaning og’ir davrini va stadionimiz ochilishiga to’g’ri kelgan cheklov choralarini aks ettiradi»,

dedi «Tottenxem» bosh direktori Deniel Levi.

«Tottenxem» APL turnir jadvalida 7-o’rinni egallab turibdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments