Tripyer «Atletiko»ni tark etib, Premer-ligaga qaytmoqchi – OAV

Tripyer "Atletiko"ni tark etib, Premer-ligaga qaytmoqchi - OAV

«Atletiko» himoyachisi Kiran Tripyer jamoani tark etish niyatida, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Shira.

Futbolchi 2019 yilgacha o’ynagan Angliya chempionatiga qaytmoqchi. Futbolchi «Manchester Yunayted»ning asosiy maqsadi bo’lib qolmoqda. 31 yoshli angliyalikning agenti bilan transfer borasidagi muzokaralar yuqori bosqichda.

Tripyerning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 20 million yevro.

Ispaniya chempionati doirasida «Valensiya»ga qarshi o’yinda (3:3) futbolchi jarohat oldi va yil oxirigacha maydonga tushmaydi. Joriy mavsumda Tripyer Madrid klubi safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakat ko‘rsata olmadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments