Tuxel Premer-ligada oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiy

Tuxel Premer-ligada oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiy

Turnir rasmiy sayti xabariga ko’ra, «Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Nemis mutaxassisi qo‘l ostidagi londonliklar 4 uchrashuvda 4 ta g‘alabaga erishdi. Uchta o’yinda ular o’z darvozasini daxlsiz qoldirgan bo’lsa, jami 14ta gol urishga muvaffaq bo’ldi. Klub turnir jadvalida peshqadam (11 turdan keyin 26 ochko).

Bu chempionlik uchun “Liverpul”dan Yurgen Klopp, “Vest Xem”dan Devid Moyes va “Kristal Pelas”dan Patrik Vieyra ham kurash olib borishdi.

O’tgan oyda «Arsenal»dan Mikel Arteta eng yaxshi murabbiy bo’ldi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments