Vinisius Junior: «Real» bilan shartnomamni qachon uzaytirishim yoki qancha maosh olishim muhim emas.

"Real" yarim himoyachisi Vinisius Junior klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.

«Real» yarim himoyachisi Vinisius Junior klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.

“Ular menga hech narsa deyishmadi. Men juda xotirjamman, chunki oldinda hali ko’p vaqt bor. Albatta, men shartnomani yangilamoqchiman. Men bu yerda uzoq vaqt qolishni xohlayman, lekin men bunga juda xotirjamman. Hozir mening shartnomam 16 yoshimda tuzgan shartnomam. Shartnomamni qachon uzaytirishim yoki qancha maosh olishim muhim emas. Men dunyoning eng yaxshi klubida ekanligimdan qoniqish muhim,

– dedi Vinisius TNT Brasil telekanaliga bergan intervyusida.

21 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi klub safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments