Xedira faoliyatini tugatishini e’lon qildi

Xedira faoliyatini tugatdi

Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Sami Xedira Bundesligada 2020/21 yilgi mavsum yakunlangach, professional faoliyatini tugatishi haqida malum qildi.

Ayni paytda 34 yoshli futbolchi «Gerta» ranglarini himoya qilmoqda. 22-may kuni berlinliklar «Xoffenxaym» bilan Germaniya chempionatining so’nggi 34-turini o’tkazishadi.

Xayrlashish vaqti keldi. Sizning hayotingizni o’zgartiradigan qarorlarni qabul qilish har doim ham qiyin. Shanba mening faoliyatimdagi so’nggi o’yin bo’ladi. Katta klublarda o’ynash, unvonlarni yutish va 2014 yilgi Jahon chempionatida g’alaba qozongan tarixiy daqiqalarning bir qismi bo’lish men uchun katta sharaf edi. Barcha muxlislar, jamoadoshlar, murabbiylar va, albatta, mening oilam va do’stlarimga rahmat. Endilikda nihoyasiga yetayotgan ushbu sayohatda siz doimo men bilan bo’lgansiz. Yana ko’rishguncha

– deb yozdi Xedira Instagram’ida.

Germaniyalik futbolchi professional faoliyatida «Shtutgart», «Real», «Yuventus» va «Gerta» da o’ynagan.

Xedira Germaniya va Ispaniya chempioniga aylandi, Italiya chempionatida besh marta g’olib chiqdi va Madrid klubi bilan Chempionlar Ligasida g’olib chiqdi.

2014 yilda Germaniya terma jamoasi tarkibida futbolchi jahon chempioniga aylandi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments