Xorvatiya JCh-2022 saralashida Maltani mag’lub etdi

Xorvatiya JCh-2022 saralashida Maltani mag'lub etdi

Xorvatiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bahsida Maltani mag‘lub etdi. Mehmonlar raqibni 7:1 hisobida mag’lub etishdi.

G‘oliblar safida Lovro Mayer dubl qayd etgan bo‘lsa, Ivan Perishich, Duje Chaleta-Tsar, Mario Pashalich, Luka Modrich va Andrey Kramarich ham to‘pga gol yozib qo‘yishdi.

“H” guruhining yana bir uchrashuvida Slovakiya va Sloveniya terma jamoalari 2:2 hisobida durang o‘ynashdi.

Guruh bosqichi yakunlanishidan oldingi turda Xorvatiya Rossiyadan ikki ochko ortda qolib, guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. 14 noyabr kuni terma jamoalar o’zaro to’qnash kelishadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments