Xosep Gvardiola: Chempionlar Ligasi finalida nima bo’lishidan qat’iy nazar «Manchester Siti»da qolaman»

Xosep Gvardiola Barselonaga qaytmaydi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Chelsi» ga qarshi EChL finali oldidan kelajagi haqida gapirdi.

Ertaga nima bo’lishidan qat’iy nazar, men «Manchester Siti» da qolaman. Finalda yutish yoki mag’lub bo’lish mening kelajagimni o’zgartirmaydi

– dedi mutaxassis

Oldinroq «Barselona» prezidenti Joan Laporta Xosep Gvardiolani kataloniyaliklar murabbiyi sifatida qaytarishni istayotgani haqida xabar berilgan edi. 2008-yildan 2012-yilgacha mutaxassis ko’k-anorranglilarni boshqargan. Uning rahbarligida klub uch marta Ispaniya chempioni, ikki marta Chempionlar Ligasi, ikkita kubok va uchta Ispaniya superkubogi, ikkita UEFA superkubogi va ikki marta klublar o’rtasidagi Jahon kubogini yutgan.

50 yoshli ispaniyalikning «Man Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments