«Yuventus» Hollandni ikki million evroga sotib olish imkoniyatini qo’ldan boy berdi

"Yuventus" Hollandni ikki million evroga sotib olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi

«Yuventus» ning sobiq bosh direktori Beppe Marotta klub Erling Holland bilan shartnoma imzolash imkoniyatini qo’ldan boy berganini aytdi.

«Eng katta pushaymonligimdan biri Hollandning shartnomasi. Men Meldedan ikki millionga imzo chekish imkoniyatiga ega bo’ldim. Endi menimcha, uni A Seriyada ko’rish imkonsiz bo’ladi, uni Italiya klubi imzolay olmaydi, –

-dedi Marotta.

Holland 2020 yildan buyon «Borussiya» da o’ynaydi. Joriy mavsumda 21 yoshli forvard barcha turnirlarda nemislar safida 8ta o’yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining hozirgi bozor qiymati 150 million evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments