Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishni istaydi va «Manchester Yunayted»ni boshqarish niyatida emas – OAV

Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishni istaydi va "Manchester Yunayted"ni boshqarish niyatida emas - OAV

«Manchester Yunayted» fransiyalik Zinedin Zidan bilan jamoaga bosh murabbiy tayinlanishi borasida kelisha olmayapti, deb xabar beradi AS.

Manba bergan xabarga ko’ra, 49 yoshli mutaxassis bu ish bilan qiziqmayapti, biroq bir kun kelib Fransiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo’lish niyatida. Fransuzlarga ayni damda Dide Desham bosh murabbiylik qilmoqda, xabarlarga ko’ra, u Qatardagi jahon chempionatidan keyin jamoani tark etishi mumkin.

Zidanning so’nggi ish joyi «Real Madrid» edi.

Norvegiyalik Ole-Gunnar Sulsher bosh murabbiyligidagi “Manchester Yunayted” 11-turdan keyin 17 ochko bilan APLda 6-o‘rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments