Zidan futbolchilik faoliyatidagi eng katta pushaymoni haqida gapirdi

Zidan futbolchilik faoliyatidagi eng katta pushaymoni haqida gapirdi

Fransiya terma jamoasining sobiq yetakchisi Zinedin Zidan butun futbolchilik faoliyati davomida faqat bitta katta afsusda bo’lganini tan oldi. Sobiq futbolchi o’z shahrining «Marsel» klubida hech qachon o’ynamaganidan xafa.

Yoshligimda Marselni tark etganman. Futbolchi bo‘lganimda u yerda yashay olmaganman. Vaqti-vaqti bilan shaharga tashrif buyuraman. 15, 16 yoki 17 yoshimda tez-tez Marselning o’yinlarini ko’rgani borardim va har doim o’zimga shunday der edim: nega bir kun shu yerda o’ynamayman? Lekin oxir-oqibat, turli sabablarga ko’ra, menda hech qachon imkoniyat bo’lmadi. Bu buyuk narsa bo’lardi, –

dedi Zidan La Provence nashriga bergan intervyusida.

Zidan FIFA tomonidan uch karra yilning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003).

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments