«Latsio»ga qarshi bahsga kelmagani uchun Turin klubiga texnik mag‘lubiyat yoziladi

Kecha bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan A Seriyaning 25-turidan o‘rin olgan «Latsio» va «Torino» bahsi boshqa sanaga ko‘chirilmaydi.

ANSA nashrining yozishicha, A seriya rahbariyati ushbu vaziyat xuddi 3-turdagi «Yuventus» – «Napoli» o‘yinidagi kabi bo‘lishiga qaramay, qoidalarga ko‘ra qaror qilishni tanladi.

“Torino”da koronavirus avj oldi, ammo bu holat o‘z-o‘zidan uchrashuvni kechiktirishga sabab bo‘lmaydi. Biroq, Pemont sog‘liqni saqlash idoralari “Torino”ga karantin qo‘yishdi. Shu tariqa, jamoa «Latsio»ga qarshi o‘yin uchun Rimga ucha olmadi.

Endi “Torino”ga “Latsio”ga qarshi o‘yinga kelmagani uchun texnik mag‘lubiyat yoziladi va bundan tashqari hisobidan 1 ochko olib qo‘yiladi. Ammo turinliklar bu qaror yuzasidan apellyatsiya berish huquqiga ega.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments