Messining sobiq ustozi Frantsiya klubini boshqaradi

«Marsel» rahbariyati sobiq bosh murabbiy Andre Villash-Boash bilan shartnomani bekor qildi. 2 fevral kuni klub matbuot xizmati portugaliyalik mutaxassis ishdan chetlatilgani haqida xabar qilgan edi.

27-fevral kuni esa «Marsel» Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekkani haqida xabar berildi. Bugun esa 60 yoshli mutaxassis Frantsiyaga etib keldi. Qayd etilishicha, yaqin vaqtlar ichida Sampoli ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Frantsiya chempionati 27-turidan so‘ng «Marsel» 39 ochko bilan ettinchi pog‘onani band etib turibdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments