Rasman: Leonardu Jardim – «Al Hilol» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Leonardu Jardim – "Al Hilol" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Tajribali murabbiy Leonardu Jardim bir yarim yillik tanaffusdan so’ng yana futbolga qaytdi.

U Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi ustoziga aylandi. Mutaxassis bilan 1 yillik shartnoma tuzildi.

Jardim «Monako»dan ketgach, qariyb 18 oy ishsiz yurdi. «Braga», «Sporting» va «Olimpiakos» jamoalari sobiq ustozi shu paytgacha Monakoda yashab keldi va turli mamlakatlardan kelgan takliflarni ko’rib chiqib, yakunda bir to’xtamga keldi.

Malumot uchun, «Al Hilol» yaqinda vaqtinchalik murabbiy Joze Moraish bilan mamlakat chempioniga aylangan edi.

Eslatib o’tamiz, «Al Hilol» 9 may kuni «Portu»dan Mussa Maregani xarid qilgandi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments