Rossiyada ishlari yurishmagan «Jasur Jaloliddinov» tez orada Evropa klubiga ko‘chib o‘tadi

Mish-mishlarga qaraganda iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov tez orada Evropa klublaridan biriga ko‘chib o‘tadi.

Aytish kerakki, hozirda aksariyat Evropa milliy chempionatlarida qishki transferlar oynasi yopilgan. Ammo Jasur “Lokomotiv” Moskva bilan imzolagan shartnomasini allaqachon bekor qilgan va shu sababli u bo‘lajak jamoasiga erkin agent sifatida istagan paytida borib qo‘shilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jaloliddinov dastlab “Lokomotiv” Moskva safiga shov-shuvli transfer qilindi. Shundan so‘ng “temiryo‘lchilar” uni qaydnomaga ham kiritishmadi va “Tambov”ga ijaraga berib yubordi. Lekin u erda ham Jasurga imkon berishmadi. Jaloliddinov ayni damda “Bunyodkor” safida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Jasur Jaloliddinovga «Lokomotiv»ga o‘tishdan oldin A Seriya vakili «Benevento» hamda Turkiyaning «Beshiktosh» klubidan ham jiddiy takliflar bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments